SSD 256 gb

May 15, 2019 by · Leave a Comment
Filed under: Bo'limsiz 

Birinchi o’yinga tayyorlansin

20dis0

208

Janubiy Koreya 2024 yilga kelib harbiy biorobotlardan foydalanmoqchi

May 14, 2019 by · Leave a Comment
Filed under: Bo'limsiz 

Janubiy Koreya 2024 yilga kelib harbiy biorobotlardan foydalanmoqchi

Foto: Depositphotos

Janubiy Koreya 2024 yilga kelib hayvonlar, sudralib yuruvchilar, hasharotlarga o‘xshash harbiy robotlarni amaliyotga joriy etishni rejalashtirmoqda, deb xabar berdi Ryonhttps://www.yna.co.krxap agentligi.

Qurol-yarog‘lar sotib  olish agentligining loyihasiga ko‘ra, qurollanish tizimiga ko‘rinishi va harakatlari jonivorlarnikiga o‘xshash robotlar qo‘shiladi. Agarda reja amalga oshsa, inson, sudralib yuruvchilar, hasharot va dengiz jonivorlari ko‘rinishidagi robotlar 2024 yildan qo‘llanila boshlanadi.

«Biorobotlar kelgusidagi urushlar  qoidalarini o‘zgartiradi, ular bilan bog‘liq texnologiyalar esa mudofa sanoatiga ulkan o‘zgarishlar olib keladi», deydi qurol-yarog‘lar sotib  olish agentligi vakili.

Bu robotlardan qidiruv-qutqaruv va razvedka operatsiyalarida ham foydalanish ko‘zda tutilgan.

Manba:Kun.uz

Qozog‘istonda Facebook, Instagram, YouTube va Telegram bloklanmoqda

May 14, 2019 by · Leave a Comment
Filed under: Bo'limsiz 

Qozog‘istonda Facebook, Instagram, YouTube va Telegram bloklanmoqda

Qozog‘istonda Facebook, Instagram ijtimoiy tarmoqlari, YouTube videoservisi va Telegram messenjeriga kirib bo‘lmayapti, deb xabar bermoqda “Interfaks” axborot agentligi.

Xalqaro nohukumat tashkiloti NetBlocks o‘tkazgan texnik monitoringga ko‘ra, 9 may kuni Qozog‘istonda internet-provayderlar Facebook, Instagram, YouTube va Telegram’ni bloklab qo‘yishgan.

Ta’kidlanishicha, Twitter va WhatsApp uzilishlarsiz ishlamoqda, Telegram esa messenjerning mobil va kompyuter versiyalariga yoqiq qolishga imkon beruvchi senzuraga qarshi choralarni qo‘llamoqda.

Oxirgi oylar Qozog‘istonda rasmiy Ostonaning tanqidchisi, ommaviy namoyishlarga chaqirgan Muxtor Ablyazovni jonli efirda chiqishini cheklash maqsadida vaqti-vaqti bilan ijtimoiy tarmoqlarga kirish bloklangan.

Shuningdek, 9 may kuni ertalabdan Qozog‘iston hududidan bir qator OAV saytlari –rus.azattyq.org, exclusive.kz, vlast.kz, holanews.kz kirib bo‘lmagan. Shuningdek, bir qator hududiy nashrlar, jumladan “Ak jayyk” va “Uralskaya nedelya” nashrlari saytlari bloklangan.

Avvalroq Qozog‘iston bosh prokuraturasi fuqarolarni “noqonuniy namoyishlarga” chiqmaslikka chaqirgan va bunday namoyishlar ishtirokchilari javobgarlikka tortilishlaridan ogohlantirgan. Bu murojaat Qozog‘iston sudi tomonidan taqiqlangan “Qozog‘istonning demokratik tanlovi” harakatining mamlakatning bir qator shaharlari, jumladan poytaxt Nur-Sulton va Olmaotada 9 may kuni namoyishlar o‘tkazish rejalaridan keyin qilingan.

Guvohlarning xabar berishicha, faollar ogohlantirishlarga qaramay 9 may kuni ko‘chalarga chiqishgan, Olmaota va Nur-Sultonda bir necha fuqaro ushlangan.

Manba: Kun.uz

Shavkat Mirziyoyev Motamsaro ona haykali poyiga gulchambar qo‘ydi

May 11, 2019 by · Leave a Comment
Filed under: Bo'limsiz 

Shavkat Mirziyoyev Motamsaro ona haykali poyiga gulchambar qo‘ydi

 

Mamlakatda Umumxalq bayrami – Xotira va qadrlash kuni katta ko‘tarinkilik bilan nishonlanmoqda, deya yozadi O‘zA.

9 may kuni poytaxtdagi Xotira maydoniga senatorlar va deputatlar, hukumat a’zolari, harbiylar yig‘ildi.

Soat 8:30da maydonga O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev kirib keldi.

Davlat rahbari harbiy orkestr sadolari ostida Motamsaro ona haykali poyiga gulchambar qo‘yib, Ikkinchi jahon urushida jon fido qilgan yurtdoshlarimiz xotirasiga hurmat bajo keltirdi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va Qonunchilik palatasi, hukumat a’zolari, jamoat tashkilotlari tomonidan Motamsaro ona haykaliga gullar qo‘yildi, deyiladi xabarda.

Manba: Kun.uz

Prezident beshta muhim tashabbusni ilgari surdi. Ular nima?

May 10, 2019 by · Leave a Comment
Filed under: Bo'limsiz 

Prezident beshta muhim tashabbusni ilgari surdi. Ular nima?

Kuni kecha davlat rahbari boshchiligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida yoshlarimizga bo‘lgan e’tiborni yanada kuchaytirish, ularni madaniyat, san’at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, yoshlarda axborot texnologiyalaridan foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirish, yurtimiz yoshlari o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish, xotin-qizlar bandligini oshirish masalalariga urg‘u berildi.

Turli ziddiyatlar kuchayib borayotgan bugungi dunyo manzaralarida yoshlarimizning ma’naviy immunitetini kuchaytirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish har qachongidan ham dolzarbroq ekanini zamonning o‘zi ko‘rsatib turibdi.

Shu bois prezident tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus muhim ahamiyat kasb etadi.

Ma’lumki, davlat rahbari ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yo‘lga qo‘yish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbusni ilgari surgan edi.

Birinchi tashabbus yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san’atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirishga, iste’dodini yuzaga chiqarishga xizmat qiladi.

Ikkinchi tashabbus yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratishga yo‘naltirilgan.

Uchinchi tashabbus aholi va yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etishga qaratilgan.

To‘rtinchi tashabbus yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil etishga yo‘naltirilgan.

Beshinchi tashabbus xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash masalalarini nazarda tutadi.

Prezidentning joriy yilda Sirdaryo hamda Namangan viloyatlariga qilgan amaliy tashrifi davomida mazkur hududlardagi tuman va shahar kutubxonalariga bir necha yuz ming nusxada badiiy adabiyotlar yetkazib berildi. “Ma’rifat karvoni” tashkil etildi. Yoshlar uchun 25 ming dona kitob, 80 turdagi sport jihozlari va musiqa asboblari yetkazib berildi.

Mazkur 5 tashabbus keng jamoatchilik tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi. Endilikda ushbu tajribani yurtimizning barcha hududlarida keng joriy qilish masalalari muhokama qilindi.

Madaniyat vazirligi va Xalq ta’limi vazirligiga hokimliklar bilan birgalikda tuman va shaharlarda madaniyat markazlari va umumta’lim maktablarida yoshlarning qiziqishidan kelib chiqib, qo‘shimcha 1,5 mingta to‘garak tashkil etish vazifasi qo‘yildi.

Tashabbuskor iste’dodli yoshlar va mahalliy homiylarni jalb etgan holda, madaniyat markazlarida badiiy-havaskorlik jamoalari, yoshlar teatr-studiyalari va “Yoshlar klublari” tashkil qilish zarurligi ta’kidlandi.

Taniqli san’atkor va iste’dodli ijodkorlarni tumanlardagi madaniy ishlarga ko‘makchi sifatida biriktirish yaxshi natija berayotganini inobatga olib, bu tajribani butun mamlakatga yoyish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. Unga muvofiq, taniqli artistlar tuman va shaharlarga ijodiy maslahatchi sifatida biriktirilib, o‘sha joylarda madaniyat va san’atni rivojlantirishga mas’ul bo‘ladi, tuman va shaharlar hokimlari esa ushbu ishlarga moddiy va tashkiliy jihatdan yordam beradi.

Musiqa va san’at sohasida oliy ma’lumotli kadrlarni ko‘paytirish masalasiga ham e’tibor qaratildi.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim hamda Xalq ta’limi vazirliklariga muayyan mavzular bo‘yicha tarix darslarini muzeylar, tarixiy obidalar, qadamjo va teatrlarda sayyor o‘tkazilishini tashkil qilish topshirildi.

Ikkinchi tashabbusga doir masalalar muhokama qilinar ekan, diyorimizda 12 mingdan ziyod sport inshootlari borligi, lekin yoshlarni jismoniy tarbiya va ommaviy sportga qamrab olish darajasi yetarli emasligi qayd etildi. Umumta’lim maktablarining sport anjomlari bilan jihozlanish ko‘rsatkichi mamlakat bo‘yicha 56 foizni, jumladan, Surxondaryo viloyatida 12 foizni, Xorazmda 14 foizni, Qoraqalpog‘istonda 15 foizni tashkil etadi, xolos.

Yig‘ilishda yoshlarni jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish borasidagi chora-tadbirlar belgilab berildi.

Tuman va shaharlar hokimlarining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlariga mutaxassislar bilan birgalikda yoshlarning sport turlariga qiziqishi hamda sport inshootlarining jihozlanish darajasini o‘rganib, shu asosda takliflar berish, Vazirlar Mahkamasiga ularni amalga oshirish uchun zarur mablag‘lar manbasini aniqlash vazifasi yuklatildi.

Olis va chekka qishloqlarda yengil konstruksiyali sendvich panellardan kichik sport zallari va sun’iy qoplamali maydonlar qurish, tashabbuskor tadbirkorlarga sport inshootlari tashkil etish uchun yer ajratish zarurligi ta’kidlandi. Bunday tadbirkorlarga O‘zmilliybank tomonidan “Yoshlar – kelajagimiz” dasturi doirasida imtiyozli kreditlar ajratiladi.

Joylardagi sport maktablariga xalqaro musobaqalarda g‘olib bo‘lgan taniqli sportchilarni rahbar etib tayinlash, shuningdek, sportchilarni oliy o‘quv yurtlarining maxsus sirtqi bo‘limlarida maqsadli o‘qitish yaxshi natija berishi qayd etildi. Bolalar va o‘smirlar sport maktablari sonini ko‘paytirish yuzasidan topshiriqlar berildi.

Videoselektorda yoshlarni internetdagi zararli xurujlardan asrash, ularni axborot texnologiyalaridan unumli foydalanishga o‘rgatish masalalariga ham alohida ahamiyat qaratildi.

Manba: Kun.uz

O’zbekistonda yillarning nomlanishi (1991-2022-yy.)

May 6, 2019 by · Leave a Comment
Filed under: Bo'limsiz 

Ma’lumki, mamlakatimiz mustaqillikka erishgach, yurtboshimiz tomonidan har bir yilga o’ziga xos nom berish an’anasiga asos solindi. Bu tadbir 1997-yildan boshlab alohida ijtimoiy-iqtisodiy davlat dasturi bilan to’ldirila boshlangani ham sir emas. O’quvchilarga O’zbekistonning eng yangi tarixini o’qitishda o’tgan 25 yillik tarix solnomasidan o’rin olgan nomlarni ham yodga olib o’tish muhim sanaladi. Quyidagi ro’yxatda 1991-2022-yillarda O’zbekistonda yillarga berilgan nomlar keltirib o’tilgan:


1991 – Alisher Navoiy yili
1992 – Hamshiralar yili
1993 – Ahmad Yassaviy yili
1994 – Mirzo Ulug’bek yili
1995 – Ibn Sino yili
1996 – Amir Temur yili
1997 – Inson manfaatlari yili
1998 – Oila yili
1999 – Ayollar yili
2000 – Sog’lom avlod yili
2001 – Onalar va bolalar yili
2002 – Qariyalarni qadrlash yili
2003 – Obod mahalla yili
2004 – Mehr-muruvvat yili
2005 – Sihat-salomatlik yili
2006 – Homiylar va shifokorlar yili
2007 – Ijtimoiy himoya yili
2008 – Yoshlar yili
2009 – Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili
2010 – Barkamol avlod yili
2011 – Kichik biznes va hususiy tadbirkorlik yili
2012 – Mustahkam oila yili
2013 – Obod turmush yili
2014 – Sog’lom bola yili
2015 – Keksalarni e’zozlash yili
2016 – Sog’lom bola-sog’lom ona yili

2017 – Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili

2018 – Faol tadbirkorlik, innovatsion g’oyalar va tehnologiyalarni qo’llab-quvvatlash yili

2019 – Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili

2020 – Ilm-ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili

2021 – Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash

2022 – Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili

Html nima degani?

April 14, 2019 by · Leave a Comment
Filed under: Bo'limsiz 

HTML

HTML (ing.Hypertext Markup Language — gipermatnli belgilash tili) – bu SGMLga (Standard Generalized Markup Language — standart umumlashtirilgan belgilash tili) asoslangan va xalqaro ISO 8879 standartiga mos keluvchi til, xalqaro toʻrda ishlatiladi.

Mundarija

  • Qisqacha tarixi
  • Brauzerlar
  • Imkoniyatlari
  • Versiyalari
  • Kelajagi

Qisqacha tarixi

HTML tili taxminan 1991-1992 yillarda Yevropa Yadroviy Tadqiqotlar Markazida ishlovchi britaniyalik mutaxassis Tim Bernars Li tomonidan ishlab chiqilgan. Dastlab bu til mutaxassislar uchun xujjat tayyorlash vositasi sifatida yaratilgan. HTML tilining soddaligi (SGMLga nisbatan) va yuqori formatlash imkoniyatlarining mavjudligi uni foydalanuvchilar orasida tez tarqalishiga sabab boʻldi. Bundan tashqari unda gipermatnlardan foydalanish mumkin edi. Tilning rivojlanishi bilan unga qoʻshimcha multimedia (rasm,tovush, animatsiya va boshqalar) imkoniyatlari qoʻshildi.

Brauzerlar

Brouserlar – maxsus HTML tilida yaratilgan xujjatlarni oʻquvchi kompyuter dasturi. Aynan brouserlar HTML tilida yaratilgan xujjatlarni formatlangan xolda koʻrish imkoniyatini beradi. Xozirda eng mahxur brouserlar bu Internet Explorer, Firefox, Opera va xokazolardir.

Imkoniyatlari

HTML quyidagi formatlash imkoniyatlariga ega:

  • Matn qismining mantiqiy rolini belgilash (matn sarlavhasi, paragraf, roʻyxat va hokazo).
  • Gipermatnlar yaratish. Bu ayniqsa juda qulay boʻlib oʻzaro bogʻlangan hujjat sahifalari orasida navigatsiya qilishni yengillashtiradi.
  • Matnning rangi, qalinligi va boshqa shrift koʻrsatkichlarini belgilash.
  • Maxsus belgilar qoʻyish. ASCII kodirovkasida koʻrsatilmagan belgilar HTML vositalari bilan qoʻyish mumkin. Masalan grek alfaviti belgilari α,ψ, ζ, matematik belgilar ∫, ∞, √, ½, ¼ , ¾, moliya belgilari €, £, ¥, ©, ®, ™ va hokazolar.
  • Foydalanuvchi kiritishi uchun maydonlar yaratish.
  • Multimedia fayllarini ochish.
  • Boshqa imkoniyatlar

Versiyalari

  • RFC 1866 – HTML 2.0 standarti (22 sentyabr 1995).
  • HTML 3.2 – 14 yanvar 1996
  • HTML 4.01 – 24 dekabr 1999
  • ISO/IEC 15445:2000 – 15 may 2000

HTML 1.0 versiya rasmiy ravishda mavjud emas. HTML dastlab nostandart turli versiyalari mavjud boʻlganligi tufayli birinchi rasmiy versiya 2.0 dan boshlangan. 1995 yil Xalqaro Oʻrgimjak Toʻri Konsortsiumi tomonidan HTMLning 3 versiyasi taklif qilindi. Ushbu versiyada juda koʻp yangiliklar, jumladan jadvallar yasash, rasmlarni matn bilan atrofini oʻrash, matematik formulalar yaratish kiritildi, biroq u davrdagi brouserlarda bu imkoniyatlar realizatsiya qilinmadi. 3.1 versiya hech qachon taklif qilinmagan boʻlib, darxol 3.2 versiyaga oʻtildi. Unda 3.1 versiyadagi baʼzi yangiliklar tushirib qoldirildi. Matematik formulalar boshqa MathML standartida aloxida koʻrsatildi. HMLning 4.0 versiyasida standartizatsiya kuchaytirildi, faqat maxsus brouserlarga oid teglar (m. <label>) tushirib qoldirildi, baʼzi teglar eskirgan sifatida tavsiya etildi (masalan <font> tegi oʻrniga CSS imkoniyatlaridan foydalanish tavsiya etiladi).

Kelajagi

HTMLning yangi versiyalari chiqmaydi.(? Nega chiqmas ekan, HTML5 hamma yerda shov-shuvga sabab boʻlib turibdiku?) Uni XHTML (ing. Extensible HTML – kengaytirilgan HTML) almashtirishi lozim. Xozirda XHTML faqatgina HTML standartining sintaksisiga qatiyan rioya qilinishini talab qiladi xolos (masalan teglar albatta kichik xarflar bilan koʻrsatilishi, teg atributlari albatta qoʻshtirniqqa olinishi, teglarni yopiq boʻlishi va xokazo) va boshqa imkoniyatlari bilan farqlanmaydi.

Manba : Uz.m.Wikipedia.org